Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Aprel oyi o‘rtalarida Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, deb xabar bermoqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi.

Samarqandlik fuqaro R.K. (1971-yilda tug‘ilgan) Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashab, ish faoliyatida bo‘lgan. U ish joyida zinadan yiqilib tushib, hushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.

Konsulxonaning yozishicha, hozirda uning jasadi kasalxonaning morg bo‘limida. Tashkilot marhumning qarindoshlari va tanishlaridan zudlik bilan (+212) 323 20 37, (+212) 323 20 36 telefon raqamlariga murojaat qilishni so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!