Turkiyada qamoq jazosini o‘tayotgan O‘zbekistonlik ayollar holidan xabar olindi

Turkiyada qamoq jazosini o‘tayotgan O‘zbekistonlik ayollar holidan xabar olindi

Turkiyada bo‘lishi davomida jinoyat sodir etishda ayblangan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashish maqsadida j.y. 16 iyul kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Istanbuldagi Bakirkoy ayollar yopiq jazoni ijro etish muassasasiga tashrif amalga oshirildi.

Bu yerdagi yashash sharoitlar, tibbiy yordam, oziq-ovqat ta’minoti, telefondan foydalanish, advokatlar hamda yaqin qarindoshlari bilan uchrashish kabi huquqlarning ta’minlanish ahvoli o‘rganildi.

Shu o‘rinda, Turkiyada vaqtinchalik bo‘lib turgan vatandoshlarimizdan mahalliy qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, urf-odatlarini hurmat qilish, huquq va erkinliklari cheklangan har qanday holatda polisiyadan bu haqda Bosh konsulxonaga kechiktirmasdan rasmiy xabar berishni talab qilish zarurligini eslatib o‘tamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!