Turkiyada Navoiyning bahosi 100 ming dollar bo‘lgan qo‘lyozmasi topildi

Turkiyada Navoiyning bahosi 100 ming dollar bo‘lgan qo‘lyozmasi topildi

Turkiyaning Kilis shahridagi tintuv vaqtida Alisher Navoiyning 100 ming dollarga baholanishi taxmin qilinayotgan qo‘lyozmasi topildi. 15-asrga taalluqli qo‘lyozma Alisher Navoiy g‘azallari asosida tartib berilgan devondir. Bu haqda Minbar.uz xabar bermoqda.

Kilis shahri prokuraturasi ko‘rsatmasiga asosan tarixiy asarlarni o‘g‘irlovchi, yashirincha saqlovchi shaxslarga qarshi maxsus operasiya o‘tkazilgan.

Navoiy qo‘lyozmasi Kilis shahri markazida yashovchi T.A. ismli kishining uyidagi tintuvda topilgan.

Qo‘lyozma 378 sahifadan iborat bo‘lib, 100 ming dollarga baholanishi kutilmoqda.

Ismi ochiqlanmagan T.A.ni so‘roq qilish uchun Tergov qo‘mitasiga olib borishgan.

Turkiyaning «Hurriyet» gazetasi Navoiy turkiy tilda ilk bor «Xamsa» yozgani, turkiy tilning fors tilidan ustunligini isbotlovchi «Muhokamatul-lug‘atayn» asarini yozganini qayd etarkan, Navoiyni Mahmud Koshg‘ariydan keyin turk tiliga eng ko‘p xizmat qilgan kishi deb e’tirof etgan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!