Turkiyada eramizdan 9 ming yil avval qurilgan ibodatxona topildi

Turkiyada eramizdan 9 ming yil avval qurilgan ibodatxona topildi

Turkiyaning Mardin provinsiyasi janubi-sharqidagi eng qadimiy xarobada olib borilayotgan arxeologik qazishma ishlari natijasida, bundan 11 ming yil oldin barpo etilgan ibodatxona topildi.

Ma’lumki, Antaliyaning janubi-sharqiy qismida juda qadimdan beri odamlar istiqomat qiladi. Turli zamonlarda bu hududda shumerlar, bobilliklar, xettlar, rimliklar, saljuqiylar, usmonli turklar yashagan va hammasi turli dinlarga e’tiqod qilishgan. Taxminan, 11 300 yil ilgari bu ibodatxonani kimlar qurgani hozircha noma’lum.

Mutaxassislar to‘rtta ustunni qazib olishdi. Ulardan biri juda yaxshi saqlangan. Biroq ularning hech qaysisida hech qanday yozuv yoki rasm yo‘q. Taxminan, bir oylardan so‘ng ibodatxonaning poydevoriga yetib boriladi va ana shundan keyin bu inshoot kimlar tomonidan barpo etilganiga aniqlik kiritilishi mumkin.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!