Turkiya, Iroq, Qatar va BAA Sharq va Yevropa o‘rtasida eng qisqa yo‘lni qurishga kelishib oldi

Turkiya, Iroq, Qatar va BAA Sharq va Yevropa o‘rtasida eng qisqa yo‘lni qurishga kelishib oldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 12 yildan keyin birinchi marta Iroqqa qilgan rasmiy ziyorati chog‘ida Turkiya, Iroq, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida “Taraqqiyot yo‘li” loyihasi bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

“Taraqqiyot yo‘li” loyihasi Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi masofani Suvaysh kanali orqali o‘tadigan dengiz yo‘liga nisbatan qisqartirib, vaqt va mablag‘ni tejashi kutilmoqda.

“Kemalar Suvaysh kanali orqali 35 kunda o‘tadi. Yaxshi Umid burni orqali sayohat 45 kungacha davom etadi. Taraqqiyot yo‘li qurilishini yakunlasak, tashish vaqtlari 25 kungacha qisqaradi”, - dedi Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li.

Rivojlanish yo‘li loyihasi Turkiyani 1200 kilometrlik temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali Fors ko‘rfazidagi Iroqning El Fao porti bilan bog‘laydi.

Ushbu loyihaning birinchi bosqichi 2028 yilda foydalanishga topshiriladi.

Turkiya va Iroq o‘rtasida “yangi Ipak yo‘li” bo‘lishi maqsad qilingan loyihaning taxminiy qiymati 17 milliard dollar bo‘lib, Turkiya, Iroq, Qatar, BAA va Xitoy tomonidan sarmoya qilinishi kutilmoqda.

Turkiya va Iroq hukumatlari “Taraqqiyot yo‘li” loyihasiga amalga oshirilayotgan ishlar (qo‘shimcha portlar qurish va har ikki davlatda yo‘l infratuzilmasini qayta tashkil etish va hokazo) bilan bir qatorda 23,8 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Ma’lumot uchun, Turkiya prezidentining ushbu tashrifi yakunlari bo‘yicha Turkiya va Iroq o‘rtasida harbiy-siyosiy, madaniyat, ta’lim, Islom dini va boshqa yo‘nalishlarda jami 26 ta hujjat imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!