Turistik charter poyezd harakati

Turistik charter poyezd harakati

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlarga yuqori darajadagi turistik xizmatlarni ko’rsatish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida 2024-yilda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ hamda Germaniyaning "Lernidee Erlebnisreisen" va Angliyaning "Golden Eagle Luxury Trains" turistik kompaniyalari hamkorligida 14 ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu turistik charter poyezdlar AQSH, Avstriya, Malayziya, Shvetsariya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Fransiya, Lyuksemburg, Kanada, Indoneziya, Gollandiya va Irlandiya kabi davlatlar sayyohlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur poyezdlardan biri Toshkent shahriga kelib sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni yakunladi ikkinchisi esa hozirgi kunda sayyohlarga Samarqand shahrida xizmat ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!