Tunisda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashishi natijasida 40dan ortiq odam jarohatlandi

Tunisda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashishi natijasida 40dan ortiq odam jarohatlandi

Tunis poytaxti markazida yakshanba kuni sodir bo‘lgan ikkita avtobus ishtirokidagi to‘qnashuvda kamida 47 kishi jarohat oldi.

Mahalliy “Mosaique Fm” radiostansiyasi xabariga ko‘ra, hodisa nazorat ostiga olingan chorrahada sodir bo‘lgan. Sayyohlik kompaniyasiga tegishli  avtobus poytaxt bo‘ylab belgilangan tezlik chegarasidan oshiq harakatlanib, “Tunisair” milliy aviakompaniyasi xodimlarini olib ketayotgan boshqa yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan.

Ikkala transport vositasining yo‘lovchilari va haydovchilari kasalxonaga yotqizilgan. Haydovchilardan biri og‘ir ahvolda. Jabrlanganlarning qolgan qismi tibbiy ko‘rikdan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan.

Transport va logistika vaziri Moez Shakshuk to‘qnashuvning aniq sabablarini aniqlash uchun to‘liq tekshiruv o‘tkazishni buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!