Transport nazorati sohasida xorij tajribasi o‘rganilmoqda

Transport nazorati sohasida xorij tajribasi o‘rganilmoqda

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, “Raqamli transport” markazi va Transport tadqiqot markazi xodimlaridan iborat delegasiya shu kunlarda Polsha Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Polsha infratuzilma vazirligining Avtomobil transporti departamenti direktori boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yo‘l transport inspeksiyasi faoliyati, vazn va hajm parametrlarini, haydovchilarning dam olish va ish tartibini nazorat qilish hamda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni tekshirish jarayonlari bo‘yicha polshalik hamkasblar tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Polsha Infratuzilma vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!