Tramp va Xarris ABC telekanalida bahslashadi

Tramp va Xarris ABC telekanalida bahslashadi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp va Demokratik partiyadan raqibi Kamala Xarris 10 sentyabr kuni ABC telekanalida debat qiladi. Bu raqiblar o‘rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuv bo‘ladi.

Florida shtatidagi Palm-Bichdagi qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tramp 4 sentyabr va 25 sentyabr kunlari Fox va NBC telekanallarida efirga uzatiladigan qo‘shimcha debatlar o‘tkazishni xohlayotganini aytdi.

Xarris X'dagi postida 10 sentyabr kungi debatni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

U Detroytdagi saylovoldi tashviqoti tugaganidan so‘ng jurnalistlarga yana boshqa munozaralarni muhokama qilish uchun ochiq ekanligini aytdi, biroq saylov kampaniyasi rasmiysi 4 sentyabr kuni Foxda bo‘lib o‘tadigan munozarani tasdiqlamadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!