Tramp Twitter’dagi sahifasini sud orqali tiklamoqchi

Tramp Twitter’dagi sahifasini sud orqali tiklamoqchi

AQShning eks-prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasini vaqtincha tiklash bo‘yicha Florida shtatidagi federal sudiga murojaat etdi.
Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
"Sobiq prezident Donald Tramp federal sudyaga Twitter’dagi o‘z akkauntini vaqtincha tiklashni ilimos qilib so‘rov yuborgan", deb yozmoqda Bloomberg.

Tramp birinchi marta Twitter’dagi taqiqini yechish so‘rovini juma kuni kechqurun Florida shtatidagi sudga yubordi.
Trampning ta’kidlashicha, AQSh Kongressidagi siyosiy raqiblarining bosimi ostida Twitter uning sahifasini yopib qo‘ygan.
Xabarda aytilishicha, Twitter o‘z navbatida Trampning bayonotiga hech qanday izoh bermagan.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning prezidentlik davrida Twitter uning sahifasini asossiz ravishda senzuraga qo‘yib kelgan, chiqargan postlarini esa kompaniya qonun-qoidalariga zid materiallar deb, ularni “e’htimoliy xavfli va chalg‘ituvchi” ma’lumotlar sirasiga qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvar oyida Twitter "zo‘ravonlikka undash xavfi ostida" Trampning sahifasini muzlatib qo‘ygan. Bundan tashqari, yanvar oyida boshqa ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Facebook, Twitter, Instagram ham sahifasiga har xil muddatga cheklovlar qo‘yishgan. Bunday choralarga 6 yanvar kuni Kongress binosida namoyishchilar keltirib chiqargan tartibsizliklarga Trampning bu voqealarga reaksiya bildirgani sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!