Tramp Turkiyaga: «Bu ish hali tugamadi, nima bo‘lishini endi ko‘ramiz»

Tramp Turkiyaga: «Bu ish hali tugamadi, nima bo‘lishini endi ko‘ramiz»

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya sudi cherkov ruhoniysi Endryu Bransonni uy qamog‘idan ozod etish so‘rovini ikkinchi marta rad etganiga munosabat bildirdi.

“Azon” nashri xabariga ko‘ra, AQSh rahbari Turkiyani nodo‘stona harakatda ayblagan.

“Pastor Branson ajoyib inson. Josus deb soxta ayblov e’lon qilishdi, u josus emas. Hozir sudlanyapti, albatta, bunga sud deyish mumkin bo‘lsa. Pastorni ancha oldin qaytarib berishlari kerak edi, menimcha, Turkiya juda yomon harakat qildi, bu ish hali tugamadi. Buni qabul qilmaymiz, odamlarimiz ushlab tura olishmaydi, nima bo‘lishini endi ko‘ramiz”, – deb aytgan Tramp. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!