Tramp Shimoliy Koreyada maxfiy bazalar borligi haqidagi axborotni yolg‘on deb atadi

Tramp Shimoliy Koreyada maxfiy bazalar borligi haqidagi axborotni yolg‘on deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyada bir necha maxfiy raketalar bazasi aniqlangani haqidagi xabarlarni yolg‘on xabarlar deb atadi.  

Avvalroq New York Times nashri Shimoliy Koreyada 13 ta maxfiy baza aniqlangani haqidagi maqolani chop etgandi. Maqolada ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya bu bazalarda raketa dasturi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

“New York Times’da Shimoliy Koreya raketa bazalari ustida ishlayotgani haqida chop etilgan voqea noto‘g‘ridir. Bizga bu ob’ektlar haqida barcha narsa ma’lum, hech qanday yangi narsa yo‘q va u yerda biror muhim hodisa yuz bermayapti. Shunchaki yana bir yolg‘on xabar. Agar nimadir noto‘g‘ri ketsa, bu haqda birinchi bo‘lib o‘zim xabardor qilaman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

“Shimoliy Koreya hech qachon tan olmagan ballistik raketalari uchun bazalar borligi Trampning uning diplomatiyasi yadroviy va raketa dasturini to‘xtatishga olib kelayotgani haqidagi tasdiqlariga ziddir”, deb yozilgan nashrda.

Shuningdek, AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Trampning Fransiya prezidentining umumevropa armiyasini tashkil qilish zarurligi haqidagi taklifini tanqid qilganiga izoh berib, “Donald Tramp Kim Chen Inni “yaxshi ko‘radi”, biroq eski ittifoqdoshimizni haqorat qiladi”, deb aytgan.   

“Tvitlar yozishni bas qiling. Amerikaga bir necha do‘st kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Kerri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!