Tramp: "Rossiya o‘ta og‘ir ahvolda"

Tramp: "Rossiya o‘ta og‘ir ahvolda"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya koronavirus tufayli juda qiyin vaziyatda ekanligini aytdi.

Jurnalistlar bilan suhbatda u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ta’kidladi va Rossiya, ayniqsa, Moskva  koronavirus tufayli juda og‘ir davrni boshdan kechirayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 795,038 kishi koronavirus yuqtirgan, 5848 nafari vafot etgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari, o‘z navbatida, Covid-19 kasalligi va o‘limi bo‘yicha dunyo statistikasida birinchi o‘rinda turadi. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda 4 milliondan ortiq kasallik qayd etilgan, 143 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!