Tramp Makronga “yog‘li” taklif bildirdi

Tramp Makronga “yog‘li” taklif bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan Oq uyda bo‘lgan uchrashuvda unga Yevropa Ittifoqidan chiqishni taklif qilgan. Bu haqda “The Washington Post” xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, aprelda bo‘lgan uchrashuvda Tramp Makronga YEI bilan bo‘lgan savdo kelishuvidan foydaliroq bo‘lishi evaziga Ittifoqni tark etishni taklif qilgan. Amerika yetakchisi bildirgan taklifning tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
 
Ma’lumot o‘rnida, YEI Yevropa qit’asining 28 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmasidir.  Uning tarixi 1957 yilga,  6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan so‘ng paydo bo‘lgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi.  Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni o‘z ichiga olgan. 
 
2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz bergan.  Unda Ittifoqqa 10 ta yangi davlat qo‘shildi.  Ikki yildan so‘ng ular soniga Bolgariya hamda Ruminiya davlatlari qo‘shilgan. Ittifoq 2013 yil Xorvatiya a’zo bo‘lgach hozirgi holatiga yetib kelgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!