Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida hokim bilan to‘qnash kelgan yigit u bilan birga suratga tushdi (foto)

Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida hokim bilan to‘qnash kelgan yigit u bilan birga suratga tushdi (foto)

Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida foydalanuvchi Komil Sobirbekov Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida Jahongir Ortiqxo‘jayevga to‘qnash kelgani haqida post qoldirgan.

«Brodvey bo‘ylab sayr qilayotib odamlar orasida tasodifan Toshkent shahri hokimiga juda o‘xshash kishini payqab qoldim. Ishonchim komil emasdi, lekin baribir oldiga borishga qaror qildim. U kishi chindan ham shahar hokimi ekanligi, qo‘riqchilarsiz (balki xiyobonning bo‘lajak qiyofasini rejalashtirib), bemalol kezib yurganini bilib, hayratda qoldim. Biroz ikkilanib turib, birga suratga tushishga ruxsat so‘radim va u rozi bo‘ldi. Toshkentning yangi hokimiga bunday oddiy va kamtarona muomala uchun rahmat! Har bir rahbar ana shunday xalqqa yaqin bo‘lishi kerak!» — deyiladi unda.

Ushbu yozuv shu paytgacha mingdan ortiq kishi tomonidan o‘qilgan, sharhlar soni esa 200 ga yaqinlashdi. Ulardan aksariyatida Toshkent shahri rahbarining bugungi faoliyatidan qoniqish bildirilgan bo‘lsa, ayrimlarida «bu uyushtirilgan ko‘rinish emasmi» degan ma’nodagi shubhalar keltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!