Toshkentlik deputat Sergelida 6 polosali pulli yo‘l qurishni taklif qilmoqda

Toshkentlik deputat Sergelida 6 polosali pulli yo‘l qurishni taklif qilmoqda

Xalq deputatlari Sergeli tuman kengashi deputati Shavkat Xalilov Kichik halqa yo‘lidan Sergeli tumani Anna Axmatova va Fayzli ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan 4,65 kilometr masofaga 6 polosali pulli yo‘l qurish taklifini bildirdi. Bu haqda Narodnoye slovo nashri xabar berdi.

Sergelidagi bu kesishma va Yakkasaroy tumanidagi Cho‘pon ota hamda Kichik halqa yo‘li kesishmalarigacha bo‘lgan yo‘l juda tirband bo‘lib qolmoqda va o‘ndan ortiq svetoforlar tufayli uni bosib o‘tishga ko‘pincha bir soatdan ortiq vaqt sarflanmoqda.

Svetoforlarsiz va tirbandliklarsiz bo‘lishi kutilayotgan 6 polosali pulli yo‘l masalaning oqilona yechimi bo‘lishi mumkin. Chunki bu yo‘l o‘tishi rejalashtirilayotgan hududda turar-joylar va boshqa binolar deyarli yo‘q, kompensasiyalarga ortiqcha xarajatlar ketmaydi, deydi deputat.

Sutkasiga 90 ming yengil avtomobil o‘tishi va ulardan ramziy 2 ming so‘mdan to‘lov undirilishi kuniga 180 mln, yiliga 65 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ yig‘ilishiga sabab bo‘ladi va bu loyihaning daromadli bo‘lishini ta’minlaydi. Daromadli loyiha esa o‘z navbatida investorlarni jalb qiladi. Bu yo‘lning ikki tomonida doimiy punktlar ishlashi kamida 12 kishining doimiy ish bilan ta’minlaydi. Shuningdek mazkur loyiha pulli yo‘llar qurishda jahon tajribasini va nihoyat O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!