Toshkentda ofiserlarga pogon topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda ofiserlarga pogon topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yosh leytenantlarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta’lim muassasalari — Qurolli Kuchlar akademiyasi (umumqo‘shin fakulteti), Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tezxnologiyalari universiteti maxsus fakulteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida yosh ofiserlarning navbatdagi bitiruvi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi. O‘zbekistonda zahiradagi ofiserlar haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi.
Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanada O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, bitiruvchilarning qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, keyingi xizmatida muvaffaqiyat va omadlar tiladi.
O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligi arafasida qo‘shinlarga yo‘llanma olgan leytenantlar Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi ma’no-mazmunini tubdan o‘zgartirish, taktik, o‘quv mashqlarini puxta rejalashtirish, ularni jangovar sharoitlarga imkon qadar to‘la yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida bor bilim va ko‘nikmalarini ishga solib, o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shishiga ishonch bildirishdi.

Asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!