Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi

Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi

Mirobod tuman IIB navbatchilik qismiga 8 fevral kuni tibbiyot muassasidan 18 yashar E’zoza R. tan jarohatlari bilan murojaat qilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qizning aytishicha, u kursdoshi Oygul K. va uning singlisi Shahlo K. bilan janjal oqibatida jarohatlar olgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!