Toshkentda gaz ballonli Cobalt yonib ketdi

Toshkentda gaz ballonli Cobalt yonib ketdi

«UzNews.uz»ga IIV YOXBBda berilgan xabarga ko‘ra, 7 dekabr kuni fuqaro A.F.ga qarashli Cobalt avtomobili Yakkasaroy tumanining Qushbegi ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotganida avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘inni o‘chirishga 2ta yong‘in ekipaji jalb qilingan bo‘lib, yong‘in avtomobil salonida gaz-havo aralashmasi to‘planib qolganligi natijasida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha mashina bagajida maishiy gaz balloni mavjud bo‘lgan.

Yong‘in vaqtida avtomobil haydovchisi A.F. kuyish jarohatlarini olib, kasalxonaga yotqizilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!