Dubayda dunyodagi birinchi robotlashtirilgan styuardessa namoyish etiladi

Dubayda dunyodagi birinchi robotlashtirilgan styuardessa namoyish etiladi

“Qatar Airways” Dubayda sun’iy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan dunyodagi birinchi robot styuardessani namoyish etadi.

Robot styuardessa – «Sama” real vaqt rejimida savollarga javob berishi va aviakompaniya faoliyati haqida ma’lumotlar ulashishi mumkin.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar aviakompaniyaning «QVerse” raqamli platformasi yoki uning ilovasi orqali «Sama” bilan virtual aloqa o‘rnata oladi.

Ma’lumot uchun: joriy yilning 6-9 may kunlari Jahon Savdo Markazida Yaqin Sharqning turizm sohasidagi eng yirik «Arabian Travel Market” biznes ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Har yili ko‘rgazmaga sayyohlik kompaniyalari vakillari, hukumat delegasiyalari, jurnalistlar va blogerlar tashrif buyuradi. Ishtirokchilar bozor istiqbollari va turizm sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!