Toshkentda doimiy va vaqtinchalik propiska bo‘yicha nizom tasdiqlandi: o‘zgarishlar bor

Toshkentda doimiy va vaqtinchalik propiska bo‘yicha nizom tasdiqlandi: o‘zgarishlar bor

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi (2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi).

— Unga ko‘ra, fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 15 kun ichida migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart (hozir 10 kun muddatda).

— DXMlar va YAIDXP orqali ro‘yxatning  (https://www.lex.uz/docs/1869805)1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

— Doimiy ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi MvaFRBga  murojaat qiladi va belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

— Fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.

— Murojaat qilingan kunning o‘zida fuqaroning pasportiga avvalgi doimiy ro‘yxatini bekor qilinganligi to‘g‘risida shtamp bosiladi va fuqaroning xohishiga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi.

— Ya’ni, ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish uchun 1 kun talab etiladi (hozirda 3 kun).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!