Toshkentda "Damas" avtomobili to‘liq yonib ketdi (video)

Toshkentda "Damas" avtomobili to‘liq yonib ketdi  (video)

12 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Damas avtomobili yonib ketdi.

UzNews.uz ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga ko‘ra, Cho‘pon-ota ko‘chasidagi yong‘in haqidagi xabar FVBning navbatchi qismiga 12 yanvar kuni soat 02:31da kelib tushgan. 11 daqiqadan keyin voqea joyiga 2ta yong‘in o‘chirish jamoasi kelib, yong‘inni bartaraf qilishgan.

Yong‘in natijasida Damas avtomobilining salon va kuzov qismlari deyarli to‘liq yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi aniqlashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!