Toshkentda avtobus bekat yonida turgan 2 piyodani urib yubordi

Toshkentda avtobus bekat yonida turgan 2 piyodani urib yubordi

Toshkent avtobekatlaridan birida avtobus 2 ta piyodani turtib yubordi. Holat bo‘yicha «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, Joriy yilning 28 aprel kuni soat 13:45 atrofida, 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni THAY ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda, Yurak qon tomir jarrohlik klinikasi bekatida unga nisbatan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to‘xtab qolishi natijasida avtobusni o‘ngga burgan va bekat yonida turgan 2 ta piyodani turtib yuborishi natijasida Yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyodalar N.D va O.L ga yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil tan jarohati yetkazilgan va 16-tez tibbiy yordam ko‘rsatish shifoxonasiga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodalarning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi alomatlari mavjudligini inobatga olib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!