Toshkentda 29 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda 29 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

12 iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 27 yoshli Xumoyun E. murojaat qildi.

Uning xabar berishicha, soat 03.30 va 10.00 oralig‘ida noma’lum shaxs uyning eshiklaridan biri ochiqligidan foydalanib, uning uyidan 23.000 AQSh dollari, noutbuk va ikkita televizorlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Toshkent shahar IIBBning yozishicha, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs – 29 yoshli farg‘onalik Ahmadjon M. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!