Toshkentda 21 yoshli qizga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda 21 yoshli qizga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani IIO FMBga 23 yoshli Sarvinoz SH. murojaat qilib, yashab turgan ijaradagi xonadonidan 3.250.000 so‘m puli yo‘qolganini ma’lum qildi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Olib borilgan tergov ishlari natijasida shu xonadonda yashovchi 21 yoshli Sevara J. o‘g‘rilikda gumonlanmoqda. Sevaraning so‘zlariga ko‘ra, u Sarvinoz uxlab yotganidan foydalanib uning pulini o‘g‘irlagan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!