AQShning Oklaxoma shtatida tornado tufayli uch kishi halok bo‘ldi

AQShning Oklaxoma shtatida tornado tufayli uch kishi halok bo‘ldi

AQShning Oklaxoma shtatida sodir bo‘lgan tornadolar oqibatida kamida uch kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi.

Bu haqda CNN mahalliy favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ikkita o‘lim Xoldenvill shaharchasida, uchinchisi Mariyetta shahri yaqinidagi I-35 trassasida sodir bo‘lgan.

Favqulodda yordam xodimlari, shuningdek, shtat bo‘ylab jarohatlar, moddiy zarar, suv toshqini va qulagan elektr liniyalari va daraxtlar haqida xabarlar oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!