Rossiya TIV fuqarolarning chegara o‘tkazish punktlarida kechikishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Rossiya TIV fuqarolarning chegara o‘tkazish punktlarida kechikishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, hozirgi vaziyat terrorizmning oldini olish bilan bog‘liq.

«Shu munosabat bilan nazorat-o‘tkazish punktlarida, jumladan, bir qator aeroportlarda pasport nazorati vaqtida kechikishlar kuzatilmoqda», — deya tushuntirdi Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva «mavjud vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilish uchun to‘liq choralar ko‘rmoqda».

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, shuningdek, «bunday qadamlar vaqtinchalik va kirib kelayotgan shaxslarning fuqaroligidan qat’i nazar, amalga oshirilishi»ni ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!