Toshkentda 155-avtobus chiroq ustuniga borib urildi

Toshkentda 155-avtobus chiroq ustuniga borib urildi

Toshkentda 155-yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu avtobusi ko‘cha chirog‘i ustuniga borib urildi.

12 oktyabr kuni taxminan 17:50 da  Toshkentning Yunusobod tumanidagi Alisher Navoiy ko‘chasida 155-yo‘nalishda («Chorsu-Yangiobod») harakatlanuvchi Isuzu avtobusi ko‘cha chirog‘i ustuniga borib urildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobusning 34 yoshli haydovchisi Sarvar M.ning ma’lum qilishicha, u svetoforning taqiqlagan chirog‘ida to‘satdan to‘xtagan avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etishdan qochib, keskin burilgan.

YTH vaqtida avtobus («Avtosanoattransservis"MCHJga qarashli) salonida 10−12 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning besh nafari yengil tan jarohatlarini olgan va salomatligini tekshirish uchun shifoxonaga olib borilgan.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!