Toshkent shahar IIBBga zamonaviy vertolyotlar beriladi

Toshkent shahar IIBBga zamonaviy vertolyotlar beriladi

Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Yuunusobod tuman IIBda Prezident profilaktika inspektorlarini faoliyat samaradorligiga qarab rag‘batlantirish, professionallik darajasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Profilaktika inspektorlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish, malakasini oshirish bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus filialini tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda tezkor navbatchilik qismidagi innovasion texnologiyalar, ichki ishlar xodimlarining o‘zaro xabar almashishini ta’minlaydigan Minor dasturi, xodimlar xizmat o‘tayotgan joy to‘g‘risida axborotni ko‘rsatish va tashvish xabarini jo‘natish uchun mo‘ljallangan UzGPS tizimi haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari ichki ishlar bo‘limidagi yangi mutaxassislar - psixolog, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi.

Xalq bilan ishlaydigan xodimlar psixologiyani chuqur bilishi, odamlarga ko‘mak, mehr berishi kerak. Jinoyatga qo‘l urgan yoshlar, xotin-qizlarning avvalo muammolarini o‘rganish, maishiy muammolari bo‘lsa, mas’ul tashkilotlar orqali yordam berish, ruhan qo‘llab-quvvatlash zarur. Shundagina ularning dunyoqarashi o‘zgaradi, natija bo‘ladi , degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident jamoat xavfsizligini ta’minlashning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolyotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!