Toshkent birinchi marta dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent birinchi marta dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Xabarlarga ko‘ra, 6-13 oktyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida dunyoning eng kuchli polvonlari yig‘iladi.

Ishtirok etish uchun allaqachon 85 davlat ariza topshirgan – bu 600 ga yaqin dzyudochi. Ulardan 320 nafari erkak va 270 nafari ayollar.

Ariza topshirgan davlatlar orasida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari bor.

Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qanday tarkibda qatnashishi yurtimiz dzyudo ixlosmandlarini qiziqtirib kelayotgan savollardan biri edi.

Kuni kecha dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi 35-jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan tarkibni e’lon qildi.

Poytaxtimizdagi “Humo” arena majmuasidagi bahslarda umumiy hisobda 18 nafar dzyudochimiz o‘z vaznlarida medallar uchun kurash olib borishadi. Ular safida tajribali sportchilar — Davlat Bobonov, Sardor Nurillayev, Sharofiddin Boltaboyev, Alisher Yusupov, Diyora Keldiyorova qatori bir qator yoshlar ham o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!