Tolibon afg‘onlarni uyidan majburan chiqarib, askarlarini joylashtirmoqda

Tolibon afg‘onlarni uyidan majburan chiqarib, askarlarini joylashtirmoqda

Tolibon Qandahorning 1 -va 13-tumanlari o‘rtasida joylashgan armiya garnizoni aholisini o‘z uylaridan haydab chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Asvaka agentligi xabar bermoqda.

Tolibon afg‘onlarga uch kun ichida uylarini tark etishni buyurdi. Uy-ro‘zg‘or buyumlari olib ketish taqiqlangan. Aholining aytishicha, toliblar o‘z bo‘linmalarini u yerga joylashtirmoqda.

Minglab afg‘onlar Qandahor ko‘chalariga chiqib, majburiy ko‘chirishga qarshi chiqishdi. Odamlar moliyaviy qiyinchiliklardan shikoyat qilib, hatto oziq-ovqatga ham qurbi yetmasligini da’vo qilishmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 40 yil ichida ko‘plab afg‘onistonliklar garnizonda xususiy uylar qurdilar. Qayd etilishicha, uylar davlat yerlarida qurilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!