Tokio-2020. Koronavirus sababli O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Tokio-2020. Koronavirus sababli O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Tashkenbayeva kvalifikasion Jahon kubogi bosqichlari orqali mazkur Olimpiadaga yo‘llanma olgan edi. Xalqaro gimnastika federasiyasi bunday vaziyatda lisenzion o‘rinda Tashkenbayevadan keyingi o‘rinda turgan gimnastikachiga Tokio-2020 lisenziyasi berilishini ta’kidladi. Ushbu pog‘onadagi koreyalik sportchi ayni paytda yaxshi sport formasida emasligi uchun Olimpiadada ishtirok etolmasligi oydinlashdi.

Lisenzion reytingda undan keyingi pog‘onani boshqa bir o‘zbekistonlik gimnastikachi Yekaterina Fetisova egallagan. Fetisova yuqori sport formasida turgani uchun Tashkenbayevaning o‘rnini egallaydigan bo‘ldi. Shu tariqa, ertaga bo‘lib o‘tadigan yakkalik bellashuvlarining saralash dasturida Yekaterina Fetisova ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!