Tojikistonliklarga hajga ikkinchi marta bormaslik tavsiya etildi

Tojikistonliklarga hajga ikkinchi marta bormaslik tavsiya etildi

O‘tgan hafta oxirida Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Ibrohim raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Saudiya Arabistoniga ziyoratga tayyorgarlik masalalari va Haj 2018 mavsumi natijalari muhokama qilingan, deya xabar bermoqda Muslim.kz.

Bosh vazir o‘rinbosari tegishli organlar va mahalliy hokimiyatlarga hajga bormoqchi bo‘lganlarning moddiy sharoitini tekshirishga ko‘rsatma bergan: hajga borishni niyat qilgan odamning yetarli puli bo‘lishi kerak.

Shuningdek, Aziz Ibrohim bu yilgi haj mavsumida ziyoratchilar tibbiy xizmat o‘z vaqtida ko‘rsatilmagani va guruhboshilar yaxshi tayyorgarlikdan o‘tmaganidan shikoyat qilganini ta’kidlagan. Avval hajga borgan ba’zilar esa Makka va Madinaga yana borishga urinib, ziyoratni musobaqaga, xo‘jako‘rsinga aylantiryapti , dedi u.

Din qo‘mitasiga bunday kishilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, yana hajga borish o‘rniga pullarini obodonchilik va xayriya ishlariga sarflashni aytishga ko‘rsatma berildi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!