Tojikiston Rossiyadan sog‘liqni saqlash masalasida hamkorlikni kengaytirishni so‘radi

Tojikiston Rossiyadan sog‘liqni saqlash masalasida hamkorlikni kengaytirishni so‘radi

Ma’lum qilinishicha, «Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi gumanitar hamkorlik holati va istiqbollari: ta’lim, fan, madaniyat» mavzusidagi davra suhbati davomida respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari o‘rinbosari G‘afur Muhsinzoda ushbu tashabbus bilan chiqqan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston rossiyalik mutaxassislar mahalliy shifokorlarning kasbiy mahoratini oshirishda yordam bera olishiga umid qilmoqda. «Tojikiston Rossiyadan ikki davlat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga ko‘maklashishni so‘raydi. O‘ylaymizki, bu borada ko‘maklashiladi», — dedi Muhsinzoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap, xususan, tojikistonlik mutaxassislarni Rossiyadagi ilmiy-klinik markazlar negizida tayyorlash haqida ketmoqda. Bu shifokorlar, rezidentura, aspirantura, ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha doktorantura uchun qo‘shimcha malaka oshirish kurslaridan o‘tishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, Muhsinzoda Tojikiston virusologiya va mikrobiologiya markazini tashkil etishda ham texnik yordam ko‘rsatish borasida gapirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!