Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi 40,07 daraja shimoliy kenglik, 70,56 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan. Yer silkinishi magnitudasi 4,1 ballni tashkil qilgan bo‘lib, 10 kilometr chuqurlikda kuzatilgan.

Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 175 kilometrni tashkil qiladi.

Zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezilgan.

👉 Toshkent shahri — 2 ball, zilzila markazidan 175 kilometr uzoqlikda;

👉 Namangan shahri — 2 ball zilzila markazidan 140 kilometr uzoqlikda;

👉 Andijon shahri — 2 ball, zilzila markazidan 171 kilometr uzoqlikda;

👉 Farg‘ona shahri — 2 ball, zilzila markazidan 110 kilometr uzoqlikda;

👉 Guliston shahri — 2 ball, zilzila markazidan 158 kilometr uzoqlikda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!