Tibbiyot xodimlari o‘z mashinalarida stikersiz yurishi mumkin

Tibbiyot xodimlari o‘z mashinalarida stikersiz yurishi mumkin

Kecha e’lon qilingan stikersiz yurish huquqiga ega shaxslar ro‘yxatida shifokorlar yo‘q edi. Yangi tartibda ular ham istisnolar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bunga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat mashinalari va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Bunda mazkur tashkilotlarning xodimlari ushbu ko‘rsatilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi. Ushbu xodimlar faqat ish joyiga yetib borish va uyga kelish maqsadida o‘z avtotransportidan foydalana oladi, ya’ni faqat xizmat yuzasidan harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!