The Telegraph: Nursulton Nazarboyevning qizi Qozog‘istondan 300 mln dollar olib chiqib ketgan

The Telegraph: Nursulton Nazarboyevning qizi Qozog‘istondan 300 mln dollar olib chiqib ketgan

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva mamlakatdan 300 mln dollardan ortiq pulni olib chiqib ketgan, deya ma’lum qildi Angliyaning The Telegraph nashri.

Nashr yuridik hujjatlarga tayanib yozishicha, elboshining qizi quyidagilarni sotib olgan:

Shveysariyaning CBH banki 51 foiz aksiyalari ($108 mln);

Challenger Bombardiyer rusumli shaxsiy samolyot ($25 mln);

Dubayda villa ($14 mln);

Londonda dala hovli ($11,8 mln).

Shu bilan birga, "The Telegraph"ning qo‘shimcha qilishicha, Nazarboyeva noqonuniy boylik orttirganini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!