Taraz yaqinidagi o‘q-dorilar saqlanadigan omborda portlash sodir bo‘ldi

Taraz yaqinidagi o‘q-dorilar saqlanadigan omborda  portlash sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning Taraz shahri yaqinidagi o‘q-dorilar saqlanadigan omborda 10 oktyabr, yakshanba kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, «Tengrinews.kz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa taxminan soat 06:20 da yuz bergan. Jambil viloyati Sarikemer qishlog‘idagi o‘q-dorilar ombori hududida avvalroq yong‘in oqibatida zararlangan portlovchi qurilma ishga tushgan.

«Portlash oqibatida o‘q-dori parchalarining havoga tarqalishi kuzatilmagan. Hodisa paytida hech kim ish olib bormagan, yaqin atrofda odamlar bo‘lmagan. Bino va inshootlarga hech qanday zarar yetmagan. Hududda vaziyat barqaror», deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, kelajakda shunga o‘xshash holatlarning kuzatilishini istisno etib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ombor hududida o‘q-dorilarni nazorat ostida yo‘q qilish amalga oshiriladi. Hozirda avgust oyida yong‘in sodir bo‘lgan portlash ob’ektlaridan texnik maydonni tozalash ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!