Tanishuv saytlaridagi eng mashhur yolg‘onlar ro‘yxati tuzildi

Tanishuv saytlaridagi eng mashhur yolg‘onlar ro‘yxati tuzildi

Ko‘pchilik odamlar nafaqat erishgan yutuqlari, balki tanlagan juftlari bilan munosabatlari orqali ham o‘z hayotlarini bezashni istaydilar. 

 

Tarmoq foydalanuvchilari o‘zaro birlashib, tanishuv saytlaridagi "eng mashhur yolg‘onlar" ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Ro‘yxatning birinchi o‘rnini tarmoqda o‘zini yangi kelgan degan tasavvur uyg‘otish yoki munosabat o‘rnatishda tajribasiz kishi sifatida namoyon qilish odati egallagan. Bu haqda BuzzFeed yozmoqda.

Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi yolg‘on - bu shaxsiy anketadagi (aslida yo‘q) mansab pillapoyalaridan yuqorilab borish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Kuchli uchlikni sayohatni xush ko‘ruvchi liderlar - blogerlarning diqqat markazida turuvchi hamda planetaning istalgan burchagida turib ishlay oladigan odamlar tasavvuri yakunlab beradi.

 

 

 

Shuningdek, ko‘pchilik tarmoq foydalanuvchilari eski munosabatlar haqida gap ketganida o‘zlarini bag‘rikeng qilib ko‘rsatishga harakat qilishlarini tahkidlagan. Ko‘pchilik sobiq jufti bilan do‘st bo‘lib qolgani va unga doim ko‘makka tayyor ekani haqida yolg‘on ishlatadi. Bu kishining ochiqko‘ngilligi hamda dilsiyoxliklarni yoqtirmasligi haqida tasavvur uyg‘onishiga yordam berar ekan.

Top beshlikni mag‘rur yolg‘izlik haqidagi safsatalar yakunlab berdi. "Kimnidir yo‘qotishdan ko‘ra yolg‘iz bo‘lish afzalroq" kabi shiorlar yozib olgan bunday foydalanuvchilar yangi suhbatdoshga odatda uzoq vaqt munosabatlarga tayyor bo‘lmagani va xozir buning ayni vaqti ekani to‘g‘risida gapiradi. 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!