Talabaga eslatma: Soliq organiga deklarasiya topshirib, kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalaning

Talabaga eslatma: Soliq organiga deklarasiya topshirib, kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalaning

 Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

🔰 Bunda soliq chegirmasi o‘qish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

🔸 o‘z mablag‘lari;
🔸 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
🔸 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).              

To‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.                                                                

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

▫️talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

▫️tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

▫️oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

▫️pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!