Tahlilchi: Kurskning katta qismi «samarali himoyalanmagan»

Tahlilchi: Kurskning katta qismi «samarali himoyalanmagan»

DW nashri britaniyalik harbiy tahlilchi Frenk Ledvij bilan Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi va Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi havo bazasiga Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumi haqida gaplashdi.

Ukrainaning Kurskga bostirib kirishi haqida Ledvidj «Ukrainaliklar imkon qadar ko‘proq yerni egallab olishmoqda» dedi va ular qo‘lga kiritgan barcha yerlarni nazorat qila olmasalar ham, ularning bir qismini ushlab qolishlari mumkinligini aytdi.

«Keyingi bir necha hafta ichida biz ruslarning qarshi hujumlarini ko‘ramiz va bu mening taxminimcha, asosiy jangovar zonaga aylanadi», dedi Ledvidj.

«Hozirda ular yaxshi ishlamoqda», dedi Ledvidj Ukrainaning Kurskdagi harakatlari haqida, chunki «bu yerning katta qismi amalda himoyalanmagan».

Ledvidjning aytishicha, Kursk viloyati gaz ta’minoti uchun juda muhim, chunki u Ukrainaga o‘tuvchi quvur hisoblanadi.

Lipetsk haqida u «Rossiya aerokosmik kuchlarining asosiy o‘quv bazasi joylashgan» hududligini aytdi. Shu sababli u Ukraina Lipetskni haqiqiy harbiy nishon sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!