Sud jabrlanuvchini urib-do‘pposlagan qonunbuzarni nega ozod etdi?

Sud jabrlanuvchini urib-do‘pposlagan qonunbuzarni nega ozod etdi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisida ko‘rilgan tomonlarning yarashuv munosabati bilan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, fuqaro (F.I.SH. sir tutiladi) qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, jamiyatda yurish turish qoidalarini buzib, jamoat joyida mast holatda jabrlanuvchini urib-do‘pposlab, yengil shikast yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilib, huquqbuzar sudda ayblanuvchi tariqasida olib kelingan.

Sudlanuvchi sud jarayonida sodir qilgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, sodir qilgan qilmishini oqibatini anglamaganini, jabrlanuvchi bilan yarashib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini, jabrlanuvchi sud majlisida sudlanuvchiga nisbatan hech qanday davosi yo‘qligini, unga nisbatan yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganligini,sudlanuvchi bilan o‘zaro yarashganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 66 (1)-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi JK 277-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishini sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni qoplasa, yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishidan ozod etilishi mumkin.

Sud jinoyat ishini tomonlar o‘zaro yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish lozim deb topdi va jinoyatchi sodir qilgan jinoiy ishidan ozod etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!