Stress saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

Stress saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

AQShning «Kold-Spring-Xarbor» laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida esa stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlik topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, stressli vaziyatlarda organizmda bir qator gormonlar faollashuvi kuzatiladi. Shulardan asosiysi — adrenalin. U tufayli yurak urishi tezlashib, qon bosimi ko‘tariladi va tanada qo‘shimcha energiya hosil bo‘ladi.

Xuddi shunday ruhiy holat kortizol gormoni ishlab chiqarilishini ham faollashtiradi. Oqibatda qon tarkibida qand miqdori me’yordan oshadi. O‘z navbatida, tahdid yo‘qolishi bilan gormonlar yana normal holatiga qaytadi.

Biroq agar inson doimo stress ostida hayot kechirsa yoki tez-tez depressiyaga tushsa, yuqoridagi gormonlar barcha organlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi va bora-bora turli xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadi.

Xususan, AQSh olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida surunkali stress saraton hujayralarini paydo qilishi aniqlandi. Ya’ni ruhiy tushkun holatimizda qon tarkibidagi neytrofillar tananing o‘simtalarga moyilligini oshiruvchi yopishqoq tuzilmalar hosil qiladi.

Olimlar xulosasiga ko‘ra, ushbu tadqiqot onkologik kasalliklarni davolashga doir yangi usullar va samarali strategik yondashuvlarni ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!