Stol tennisi bo‘yicha Yevropa chempioni derazadan tushib ketib, vafot etdi

Stol tennisi bo‘yicha Yevropa chempioni derazadan tushib ketib, vafot etdi

Tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Yevropa chempioni Yelizaveta Medveski Kishinyovdagi uyning 16 qavatidan tushib ketdi.

“Region Online” xabariga ko‘ra, uning oilasi o‘z joniga qasd qilish versiyasiga ishonmayapti. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hodisa tasodifan sodir bo‘lgan.

Tennischining o‘limi bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda.

Elizaveta Medveski stol tennisi bo‘yicha sport ustasi bo‘lib, 2010 yilda Yevropa chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Moldova mintaqaviy va milliy musobaqalarida g‘olib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!