Smolenskda pasporti olib qo‘yilgan va maoshi berilmagan migrantlarga yordam berilmoqda

Smolenskda pasporti olib qo‘yilgan va maoshi berilmagan migrantlarga yordam berilmoqda

24 noyabr kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga Smolensk viloyati Vyazma shahrida joylashgan “Konstanta” MCHJda ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar ish beruvchi tomonidan ularning pasportlari olib qo‘yilgani, uch oydan buyon patent rasmiylashtirilmayotgani va oylik maoshlari kechiktirilayotgani haqida murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yil avgust-noyabr oylari davomida Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 234 nafar fuqaro ishga jalb qilingan. Vaqt o‘tishi bilan ish beruvchi va fuqarolar o‘rtasida ayrim ziddiyatlar yuzaga kelgan:

- shartnomada ish vaqtlari soat hisobida hisoblanishi belgilangan, ammo ish hajmining tushib ketgani sababli ish beruvchi tomonidan oktyabr oyidan boshlab ish hajmiga o‘tkazilgan.
- ish beruvchi tomonidan fuqarolarga transport, ish kiyimi, ro‘yxatda turish, patent, tibbiy sug‘urta uchun qilingan xarajatlarning keyinchalik qaytarilishi masalasida ham tushunmovchilik kelib chiqqan.
- ayrim fuqarolarning pasportlari ro‘yxatda turish va patent rasmiylashtirish uchun olingan, ayrimlari esa uyidagi kamchiliklari sababli ishni boshlamasdan keyinchalik ishlab berish sharti bilan olingan 100 AQSh dollaridan 800 AQSh dollarigacha avans puli uchun kafolat sifatida o‘zlari ish beruvchiga pasportlarini topshirgan.

- O‘zbekistonda fuqarolar ish beruvchi bilan ular uchun qilingan xarajatlarini dastlabki 3 oyda qaytarishga kelishgani sababli fuqarolarga avans hisobida 47 ming rubl hamda shaxsiy extiyojlari uchun har hafta 1500 rubl mablag‘ berib kelingan.
- faqatgina yotoqxonada tartibiga amal qilmaganlar, jumladan, spirtli ichimlik iste’mol qilganlar jarimaga tortilgan, hatto umumiy qiymati 1,5 mln rubl bo‘lgan 10 tonna baliq yaroqsiz holatga keltirilganda ham hech kim jarimaga tortilmagan.
“Konstanta” MCHJ rahbari va fuqarolar o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, suhbat mazmuni tushuntirildi. Fuqarolarning pasportlari qaytarib berilib, 30 noyabr kuni ularning oylik maoshlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida to‘liq to‘lanishiga kelishildi.
Korxonada bo‘lib turgan har bir fuqaroning muammosiga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mas’ullarining 27 noyabr kuni voqea joyiga yetib borishi rejalashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!