Sirdaryoda qarz undirishga kelgan gaz idorasi xodimi fojiali o‘lim topdi!

Sirdaryoda qarz undirishga kelgan gaz idorasi xodimi fojiali o‘lim topdi!

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz idorasi xodimiga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazilgan natijada voqea joyida vafot etganligi haqida xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 09.10.2020 yilda taxminan soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MCHJda metrologiya bo‘limi boshlig‘i SH.Q. Sirdaryo tumani, “Do‘stlik” MFY, Bodomzor ko‘chasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz iste’moli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan. 

Shu jarayonda ular o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi SH.Q. pichoq bilan K.F.ning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan, so‘ngra K.F. pichoqni olib qo‘yib SH.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda SH.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!