Sirdaryoda 2500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

Sirdaryoda 2500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

Sifati kafolatlanmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Toshkent shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida fuqaro A.X. o‘z boshqaruvidagi «Matiz» rusumli yengil avtotransport vositasida shartli xaridorga umumiy qiymati 28,7 million so‘mlik 2500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!