Sirdaryoda 12 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 3.000 AQSh dollari olayotgan shaxs qo‘lga olindi

Sirdaryoda 12 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 3.000 AQSh dollari olayotgan shaxs qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra (ismi-sharifi shartli o‘zgartirilgan) fuqaro Shokirjon Haydarov bir necha yillardan buyon oila a’zolari bilan birgalikda mavsumiy dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanib, joriy yil ham dehqonchilik qilish maqsadida ekin yer maydoni izlab yurgan vaqti Mirzaobod tumani, yashovchi «Nodirjon» ismli shaxs bilan tanishib qolgan.

O‘zaro suhbatlari chog‘ida, unga doimiy foydalanish uchun ekin yer maydonlari olishga yordam qilishini, bu masalada Mirzaobod tumani hokimligida ishlovchi xodimlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi bois mas’ullar orqali uning nomiga 12 gektar ekin yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 3.000 AQSh dollari miqdordagi pullarni talab qilgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat prokuraturasi Yer resurslarini talon-taroj qilinishini oldini olish bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar hududida o‘tkazilgan «Nazorat ostida olish» tezkor qidiruv tadbir natijasida fuqaro Shokirjon Haydarovdan qo‘shtirnoq ichidagi qahramonimiz Nodirjon tanishlari orqali dehqonchilik uchun yer maydonini uning nomiga qaror chiqartirib berishni va’da qilib, 3.000 AQSh dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Guliston shahar hududidagi avtoturargohda olgan vaqti daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!