Shveysariyadagi olchali eng katta tort Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Shveysariyadagi olchali eng katta tort Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Shveysariyada pishirilgan Sugs olcha torti Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Qandolat do‘koni boshqaruvchisi Piter Shpekning ma’lum qilishicha, tortning vazni 240 kilogrammdan ortiq.

“Ginnesning rekordlar kitobi tasdiqladi: diametri to‘rt metrdan ortiq va vazni 241 kilogramm bo‘lgan gilos torti - dunyodagi eng katta”, - dedi qandolatchi.

Ta’kidlanishicha, tort yanvar oyida pishirilgan: unga 18 kilogrammdan ortiq sariyog‘, 23 kilogramm un, 900 dan ortiq tuxum va deyarli 100 litr olcha likyori sarflangan. Shirinlikni tayyorlash uchun 55 soatdan ko‘proq vaqt ketdi.

Tort uch ming bo‘lakka bo‘linib, tomoshabinlarga tarqatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!