Shuhrat G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Shuhrat G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ma’qulladi.

«2020 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ko‘rib chiqdilar.

Xalq vakillari tomonidan Shuhrat G‘aniyev nomzodi ma’qullandi», deyiladi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.

Nomzod deputatlar tomonidan ma’qullangach, prezidentning lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarori bilan rasman hukumat a’zosiga aylanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!